locale OZ

Rodri uchun kurash qizimoqda: «PSJ» va «Barselona» ham da'vogarlar safida

Rodri uchun kurashda asosiy favorit sifatida «Real» tilga olinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri uchun kurash qizimoqda: «PSJ» va «Barselona» ham da'vogarlar safida
ФОТО: Getty images

«PSJ» va «Barselona» klublari «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar ehtimoliy transfer shartlarini bilish maqsadida allaqachon «Manchester Siti» rahbariyati bilan aloqa qilgan. «Barselona» ham ispaniyalik yarim himoyachiga katta qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi Frenki de Yongning jarohati sababli markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va 30 yoshli Rodrini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, hozircha Rodri uchun kurashda asosiy favorit sifatida «Real» tilga olinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, madridliklar futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq transferni yakunlash uchun klub o‘z yarim himoyachilaridan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa yangi xarid uchun zarur moliyaviy imkoniyatni yaratadi.

Rodri o‘tgan Angliya Premyer-ligasi mavsumida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting