locale OZ

Rodri: “Real”ga rad javobini berish oson bo‘lmadi

“Barselona” Rodri bilan shartnoma imzolaganini 18-avgust kuni rasman e’lon qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri: “Real”ga rad javobini berish oson bo‘lmadi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Rodri Ernandes yozgi transfer oynasida Madridning “Real” klubiga o‘tish imkoniyati bo‘lganini va bu taklifni rad etish oson kechmaganini tan oldi. Yakunda ispaniyalik futbolchi “Barselona”ni tanlagan. Bu haqda Madrid Universal xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” Rodri hali “Manchester Siti” safida o‘ynayotgan paytda uning transferiga birinchi bo‘lib jiddiy qiziqish bildirgan. Keyinchalik “Barselona” ham kurashga qo‘shilib, 30 yoshli yarim himoyachini Madrid klubidan ilib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Rodrining aytishicha, “Real”ning unga bo‘lgan munosabati sabab klubga “yo‘q” deyish qiyin bo‘lgan. Biroq u yakuniy qarorni sport jihatlarini hisobga olgan holda qabul qilgan. Futbolchiga “Barselona”ning loyihasi ma’qul kelgan va u Kataloniya klubida g‘alaba qozonish hamda rivojlanish imkoniyatini ko‘rganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Rodri bilan shartnoma imzolaganini 18-avgust kuni rasman e’lon qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting