locale OZ

Rodri \"Real Madrid\"ga o‘tishga rozilik berdi — Matteo Moretto

Futbolchi va "Real Madrid" o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari deyarli kelishib olingan.
Rodri "Real Madrid"ga o‘tishga rozilik berdi — Matteo Moretto
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Real Madrid"ga o‘tishga prinsipial rozilik bergan. Bu haqda transferlar bo‘yicha ishonchli jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi va "Real Madrid" o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari deyarli kelishib olingan. Biroq hozircha Madrid klubi "Manchester Siti" bilan rasmiy muzokaralarni boshlagani yo‘q.

Qayd etilishicha, Rodrining JCH-2026dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari ortidan "Real Madrid" rahbariyati uning transferiga yana jiddiyroq qaray boshlagan. Shu bilan birga, "Manchester Siti" ispaniyalik yarim himoyachini jamoada olib qolish uchun yangi, yaxshilangan shartnoma taklif qilgan.

Hozircha transfer bo‘yicha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas. Ammo Rodrining "Real Madrid"ga o‘tish ehtimoli so‘nggi kunlarda sezilarli darajada oshgani aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting