locale OZ

Rodri: «Pastki blokda himoyalanadigan jamoaga qarshi oʻynash qiyin»

Ispaniyalik futbolchi Kobo-Verdega qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri: «Pastki blokda himoyalanadigan jamoaga qarshi oʻynash qiyin»
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri JCh-2026 guruh bosqichining 1-turida Kabo-Verdega qarshi kechgan oʻyin (0:0) yakunlari haqida toʻxtaldi. Sofascore maʼlumotlariga koʻra, ispanlar oʻyin davomida 27 ta zarba berishgan (shundan 7 tasi darvozaga aniq borgan), 2,29 kutilgan gol (xG) koʻrsatkichini qayd etishgan va 74% vaqt davomida toʻpga egalik qilishgan, biroq baribir gol ura olishmagan.

«Bu sabr talab qiladigan oʻyin boʻldi. Raqib uchrashuv boshidanoq butun jamoa boʻlib himoyaga yotib oldi. Biz vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Pastki blokda himoyalanadigan jamoaga qarshi oʻynash har doim qiyin», — deya Rodrining soʻzlarini keltirmoqda The Touchline nashri.

Ispaniya milliy terma jamoasi «H» guruhida ishtirok etmoqda, guruhdan shuningdek Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde joy olgan. Hisobiga bitta ochko yozdirib qoʻygan ispanlar navbatdagi uchrashuvini 21-iyun kuni Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting