locale OZ

Rodri Lamin Yamal haqida: \"U o‘yin tizginini tushunishi uchun hali o‘sish kerak va bu uning yoshida normal holat\"

Ispaniyalik himoyachi terma jamoadagi jamoadoshi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Rodri Lamin Yamal haqida: "U o‘yin tizginini tushunishi uchun hali o‘sish kerak va bu uning yoshida normal holat"
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jamoadoshi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Xavbekning fikricha, "Barselona"ning 18 yoshli vingeri vaqt o‘tishi bilan o‘yin borishini yaxshiroq tushunishni o‘rganishi kerak va bu uning yoshidagi futbolchi uchun tabiiy jarayondir.

— "U ba’zida yuzaga keladigan hayajonini biroz bosishi, o‘zini ko‘rsatishga bo‘lgan haddan tashqari kuchli xohishni jilovlay olishi lozim. U ajoyib futbolchi, biroq o‘yin tizginini, uning borishini to‘g‘ri tushunish uchun hali yanada o‘sishi kerak — uning yoshida bu mutlaqo normal holat", — deya Rodrining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda beIN SPORTS.

Eslatib o‘tamiz, Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda "Barselona"ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Amaldagi JCh-2026 musobaqasida esa u hozirgacha 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniya terma jamoasi yarim finalga yo‘llanma olgan bo‘lib, 14-iyul kuni Arlingtonda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting