Rodri kelasi haftadayoq “Barselona” bilan mashg‘ulot boshlashi mumkin
Hozircha transfer rasman e’lon qilinmagan.
Foto: Getty Images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi.
El Partidazo de COPE ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga rozilik bergan. Hozirda tomonlarga transferning qolgan tafsilotlarini hal qilish qolgan. Agar muzokaralar reja bo‘yicha davom etsa, Rodri kelasi haftadayoq Hansi Flik boshchiligidagi “Barselona” bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazishi mumkin.
Manbada qayd etilishicha, “Barselona” transferni imkon qadar tezroq yakunlashni maqsad qilgan. So‘nggi haftalarda Rodri uchun asosiy da’vogar sifatida “Real Madrid” ko‘rsatilayotgan edi, biroq futbolchi yakunda kataloniyaliklar variantini afzal ko‘rgan.
Hozircha transfer rasman e’lon qilinmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist