locale OZ

Rodri kelajagi borasida qaror qabul qildi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Rodri kelajagi borasida qaror qabul qildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq Rodri jamoasini o'zgartirish niyatida emas.

Eslatib o'tamiz, Rodri o'tgan yilning sentyabr oyida xochsimon paylarini shikastlab olgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda bor-yo'g'i 3 ta o'yin o'tkazdi, holos.

Ma'lumot uchun, Rodrining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting