locale OZ

Rodri: «Hozir bor e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman»

Unga "Real" qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri: "Hozir bor e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman"
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Madridning "Real" klubi tomonidan o‘ziga bo‘layotgan qiziqish haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Ispaniyalik futbolchining ta'kidlashicha, bunday mish-mishlarning paydo bo‘lishi futbolda oddiy holatdir. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u hozirda bor e'tiborini jahon chempionatiga qaratgan.

"Real"ning menga qiziqishi? Qandaydir mish-mishlarning borligi normal holat. Hozir bor e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman. Undan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

O‘tgan mavsumda Rodri "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting