locale OZ

Rodri hakamlik haqida bildirgan tanqidiy fikrlari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi

«Man Siti» yarimhimoyachisi sud majlisida oʻz aybiga iqror boʻldi va shu sababli diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri hakamlik haqida bildirgan tanqidiy fikrlari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri Angliya Premer-ligasining 24-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng hakamlik borasida bildirgan tanqidiy fikrlari uchun jarimaga tortildi. Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) futbolchini 80 ming funt sterling (taxminan 92 ming yevro) miqdorida jarimaga tortdi.

Bugun, 9 mart kuni ma’lum qilinishicha, mustaqil sud majlisida Rodri o‘z aybiga iqror bo‘lgan va shu sababli diskvalifikatsiyadan qutulib qolgan.

O‘yindan keyingi intervyusida futbolchi quyidagicha fikr bildirgan edi:

«Biz juda ko‘p g‘alaba qozonmoqdamiz va odamlar bizning yutishimizni xohlamaydi. Biroq hakam neytral bo‘lishi kerak. Ochig‘ini aytganda, bu adolatsizlik, shunchaki adolatsizlik».

Ushbu so‘zlar hakamning xolisligini shubha ostiga olgani bois intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi. Futbol assotsiatsiyasi bayonotida qayd etilishicha, Rodri o‘z intervyusi vaqtida nomaqbul xatti-harakat qilib, hakamning tarafkashligini nazarda tutuvchi hamda uning halolligini shubha ostiga qo‘yuvchi izohlar bergan.

Jarimadan tashqari, yarimhimoyachiga kelgusida bunday bayonotlar bermasligi bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting