locale OZ

Rodri: «Bizni gʻalaba qozonishimizni xohlashmayapti»

«Man Siti» yarimhimoyachisi «Tottenhem»ga qarshi oʻyindagi hakamlikni tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri: «Bizni gʻalaba qozonishimizni xohlashmayapti»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri APLning 24-turi doirasida kechgan «Tottenhem»ga qarshi bahsdan (2:2) so‘ng bosh hakam Robert Jonsning qarorlarini keskin tanqid ostiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» o‘yin davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq yakunda g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.

Rodri ayniqsa mezbonlarning birinchi goli qoidabuzarlik evaziga kiritilgan deb hisoblamoqda.

«Hakamlar birinchi gol vaziyatida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi – uni hisobga olish kerak emas edi. O‘ylaymanki, bu voqea bizning o‘yinimizga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Men hech qachon hakamlar haqida gapirmayman, ularning ishini hurmat qilaman... Lekin bu ketma-ket ikkinchi yoki uchinchi o‘yindirki, bunday xatolar nega yuz berayotganini tushunmayapman. Bilaman, biz juda ko‘p g‘alaba qozondik, odamlar endi yutishimizni xohlashmayapti, lekin hakam neytral bo‘lishi shart. Bu adolatdan emas», — dedi Rodri Sky Sports nashriga.

Maʼlumot uchun, «Manchester Siti» 47 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qolmoqda. Peshqadam «Arsenal» esa 53 ochko bilan oraliq masofani 6 ochkoga yetkazib oldi. «Tottenxem» 29 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting