locale OZ

Rodri “Barselona”ga o‘tishga yaqin

Kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchining transferini shu hafta yakunlashga umid qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri “Barselona”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchining transferini shu hafta yakunlashga umid qilmoqda.

Rodri “Barselona” bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgani, uning yillik maoshi esa 15 million yevro bo‘lishi aytilmoqda. Endi asosiy masala ikki klub o‘rtasida transfer summasi va yakuniy tafsilotlarni kelishib olish bo‘lib qolmoqda.

Biroq bu xabarni hozircha rasmiy transfer sifatida berish erta. Chunki Sky Sports 11-avgust kuni “Manchester Siti” Rodri bo‘yicha “Barselona” bilan muzokaralarni faol deb hisoblamayotganini yozgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting