locale OZ

Rodgers — “Chelsi”ning asosiy maqsadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodgers — “Chelsi”ning asosiy maqsadi
Photo: Getty Images

"Chelsi" "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rodgers transferini rejalashtirmoqda. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" 22 yoshli futbolchiga tez orada taklif bilan chiqishi mumkin. Londonliklar muzokaralarni osonlashtirish uchun kelishuvga Benoit Badiashile, Trevo Chalobah yoki Tosin Adarabioyo’ni qo‘shishga tayyor.

Morgan Rodgersning narxi Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, 55 mln yevroni tashkil etadi.

O‘tgan mavsumda hujumkor yarim himoyachi barcha turnirlarda "Villa" safida 54 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliya terma jamoasi safida oltita o‘yinda maydonga tushdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting