locale OZ

Robin van Persi «Feyenoord» bosh murabbiyligidan boʻshatildi — Voetbal International

Mutaxassis jamoani 2025 yilning fevralida qabul qilib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robin van Persi «Feyenoord» bosh murabbiyligidan boʻshatildi — Voetbal International
FOTO: Getty Images

Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Robin van Persi Rotterdamning «Feyenoord» klubi bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis jamoani 2025 yilning fevral oyida qabul qilib olgan edi va uning klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangandi. Manbaga koʻra, klub bosh direktori Robert Eynxorn va texnik direktor Devi Rigo van Persi bilan xayrlashishga qaror qilishgan.

«Feyenoord»ning oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra Niderlandiya chempioni boʻla olmagani, shuningdek, murabbiyning yarim himoyachi Kvinten Timber bilan oʻzaro mojarosi mutaxassisning isteʼfoga chiqarilishiga asosiy sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, fevral oyida hujumchi Raxim Sterlingning jamoaga olib kelinishi ham koʻplab savollarni tugʻdirdi: futbolchi klub safida biror marta ham gol ura olmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting