Robertsonning «Tottenhem»ga transferi barbod bo‘ldi
Robertson “Liverpul” safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” himoyachisi Endryu Robertsonning “Tottenhem”ga o‘tishi amalga oshmay qoldi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar shotlandiyalik 31 yoshli futbolchi uchun munosib o‘rinbosar topilmagani sababli “shporlar”ga sotmasligini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, “Tottenhem” klubi Robertson uchun bonuslarni hisobga olgan holda 5 million funt sterlingdan (5,7 million yevro) ortiq taklifni qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Robertson “Liverpul” safida 2017 yilning yozidan beri to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha turnirlarda 364 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 68 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist