Robertsonning «Tottenhem»ga oʻtishi, «Liverpul»ga van de Venni sotib olishga yordam berishi mumkin
Agar «Liverpul» yanvar oyida qanot himoyachisi Endryu Robertsonning «Tottenhem»ga o‘tishiga ruxsat bersa, mersisaydliklar yozda «shporlar» markaziy himoyachisi Mikki van de Venni sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Shu bilan birga, London klubi yozgi transfer masalasida narx bo‘yicha yon berishni rejalashtirmayapti. «Tottenhem» 24 yoshli himoyachining transferi uchun kamida 100 mln funt sterling (115 mln yevro) talab qiladi. Van de Ven jamoaning uzoq muddatli rejalarida muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda.
Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 mln yevroni tashkil etadi.