locale OZ

Robertson «Tottenxem»ga o'tmoqda – Skira

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robertson «Tottenxem»ga o'tmoqda – Skira
ФОТО: Getty images

"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini "Tottenxem" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, transfer to'liq kelishilgan va rasmiy ravishda yakunlangan. Tomonlar 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashgan. Shotlandiyalik futbolchi "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda tugashi sababli "shporlar" safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.

Endryu Robertson 2017 yilda "Xall Siti"dan "Liverpul"ga 9 million yevroga transfer qilingan edi. U mersisaydliklar safida faoliyati davomida barcha musobaqalarda 378 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting