locale OZ

Robertson — «Tottenxem» futbolchisi

32 yoshli shotlandiyalik futbolchi 1 iyul kuni erkin agent maqomida "shporlar" safiga borib qo'shiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robertson — «Tottenxem» futbolchisi
ФОТО: Getty images

"Tottenxem" "Liverpul" bilan shartnomasi yakuniga yetgach, klubni tark etgan himoyachi Endryu Robertson bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.

32 yoshli shotlandiyalik futbolchi 1 iyul kuni erkin agent maqomida "shporlar" safiga borib qo'shiladi.

Robertson 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelayotgan edi va mersisaydliklar tarkibida to'qqiz mavsum o'tkazdi.

Bu vaqt ichida himoyachi barcha turnirlarda deyarli 300 ta uchrashuvda maydonga tushib, Chempionlar Ligasi, APLning ikkita chempionlik titulini, Angliya Kubogi, ikki bor Angliya Liga Kubogi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting