Robertson «Tottenhem»ning qiziqishi haqida gapirdi
Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson yanvar oyida "Tottenhem"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Yanvarda "Tottenhem" tomonidan qiziqish bo'lgan edi, biroq men qolishga qaror qildim. Bu klub menga hamma narsani berdi va men ham bu klub uchun bor kuchimni berdim. Men o'z ishimgadoimo sodiq bo'lganman. Kelajagim borasida bir qarorga kelishim bilan, bu haqda rasmiy e'lon qilinadi", — deya Robertsonning so'zlarini keltirmoqda Fabrizio Romano.
Eslatib o'tamiz, Robertson 2017 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist