locale OZ

Robertson Salohga maktub yoʻlladi: «Sen — buyuksan. Sendaqasi boshqa yoʻq»

Avvalroq misrlik futbolchi joriy mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etishini eʼlon qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robertson Salohga maktub yoʻlladi: «Sen — buyuksan. Sendaqasi boshqa yoʻq»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Endryu Robertson hujumchi Muhammad Salohning jamoadan ketishi haqidagi e’lonidan so‘ng, misrlik yulduzga o‘z murojaatini yo‘lladi. Avvalroq Saloh joriy mavsum yakunida mersisaydliklar safini tark etishini ma’lum qilgan edi.

«Muhammad, barchasi uchun rahmat. Bu maydonda va undan tashqaridagi unutilmas xotiralarga boy hayotimizning eng yaxshi to‘qqiz yili bo‘ldi. Sening o‘z ishingning ustasiga aylanishingni kuzatish va «Liverpul» libosini kiygan eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lishingga guvoh bo‘lish men uchun sharaf edi.

Sening dunyoqarashing va qadriyatlaring noyob, ko‘pchilik sendan o‘rnak olishi kerak. Sen har kuni oldinga intilasan va o‘zingdan hamda boshqalardan ko‘prog‘ini talab qilasan. Shuncha yil davomida sen bilan bir maydonda to‘p surish, eng muhimi esa, seni do‘stim deb atash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman.

Sen «Liverpul»dagi maqomingga mos keladigan tarzda kuzatib qo‘yilishga loyiqsan. Sen — buyuksan. Sendaqasi boshqa yo‘q», — deb yozdi Robertson o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting