Robertson: «De Zerbi sovrinlarni xohlaydi, ammo buning uchun vaqt kerak»
«Tottenxem» himoyachisi Endryu Robertson jamoa bosh murabbiyi Roberto De Zerbinining ish uslubi va maqsadlari haqida fikr bildirdi.
«U juda ambitsiyali murabbiy, buni uning xatti-harakatlaridan ham ko‘rish mumkin. Trener sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaydi, ammo buning uchun vaqt kerakligini yaxshi tushunadi. Menimcha, bizga shunchaki omad yetishmayapti. O‘tmishni unutishimiz va oldinga harakat qilishga e’tibor qaratishimiz kerak», — dedi Robertson Stick to Football podkastida.
«Tottenxem» Angliya chempionatining joriy mavsumida beshta uchrashuv o‘tkazib, bor-yo‘g‘i ikki ochko jamg‘argan. Londonliklar xalqaro tanaffusga turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida chiqib ketishdi.
De Zerbi shogirdlari tanaffusdan keyingi birinchi uchrashuvini safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi.