Robertson: «De Zerbi bilan ishlash men uchun katta rag'bat»
"Tottenhem" himoyachisi Endryu Robertson jamoaning yangi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi qo'l ostida ishlash imkoniyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"De Zerbi bilan ishlash imkoniyati men uchun juda katta rag'bat. Biz avval telefon orqali suhbatlashdik. U ham, murabbiylar shtabi ham menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Suhbatimiz mazmunli va nihoyatda samimiy o'tdi.
Biz avvaldan bir-birimizni yaxshi bilamiz. U meni futbolchi sifatida taniydi, men esa uni murabbiy sifatida yaxshi bilaman. Eng muhimi, endi bir jamoada birga ishlashimizdan ikkovimiz ham mamnunmiz.
De Zerbi jahon futbolida ajoyib mutaxassis sifatida tan olingan. Uning "Tottenhem"ga kelishi menga ham yangi bosqichga chiqish va uning rahbarligi ostida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi, deb umid qilaman", — dedi Robertson.
Ma'lumot uchun, Robertsonning ushbu fikrlari London klubining rasmiy sayti tomonidan e'lon qilindi.