Roberto Martines: «Ronaldu — o‘ziga nisbatan juda talabchan futbolchi»
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Krishtianu qachon faoliyatini yakunlashini taxmin qildi.
FOTO: Getty Images
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa sardori Krishtianu Ronalduning qachon faoliyatini yakunlashi borasidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bizda statistika bor. Agar siz uning jismoniy holati yomonlashayotgan futbolchi sifatida tahlil qilmoqchi bo‘lsangiz, buning aksiga guvoh bo‘lasiz. Ronalduning jismoniy ko‘rsatkichlari u hali uzoq vaqt davomida o‘ynashda davom eta olishidan dalolat bermoqda.
Menimcha, masala u qachon buni to‘g‘ri vaqt deb hisoblashida. Ronaldu — o‘ziga nisbatan juda talabchan futbolchi. Qachonki jamoaga yordam bera olmayotganini tushunsa, faoliyatini yakunlash haqida o‘zi qaror qabul qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist