locale OZ

Roberto Martines Lamin Yamal va Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi

Ispaniya va Portugaliya 6-iyun kuni oʻzaro to'qnash keladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Roberto Martines Lamin Yamal va Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi
FOTO: Getty Images

Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalni portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu bilan solishtirish mumkinmi degan savolga javob qaytardi. Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari bugun, 6-iyul kuni JCh-2026 nimchorak finali (1/8 bosqichi) doirasida o‘zaro kuch sinashishadi.

«Ular mutlaqo turlicha bo‘lgan futbolchilar. Lamin Yamal — juda yosh o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, bosimga dosh bera olishini va o‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratishga qodirligini ko‘rsatib ulgurdi. Krishtianu Ronaldu esa — kult darajasidagi figura. U maydonda turli pozitsiyalarga moslasha oladi va uchrashuv taqdirini hal qiluvchi futbolchiga aylanishga qodir», — deya Martinesning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslari 11-iyundan 19-iyulga qadar Meksika, AQSh va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning 1/16 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting