locale OZ

Roberto Martines JCh-2026'dan soʻng Portugaliya terma jamoasini tark etadi

Mutaxassis APLga qaytish variantlariga ochiq.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Roberto Martines JCh-2026'dan soʻng Portugaliya terma jamoasini tark etadi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines musobaqadagi natijalardan qatʼi nazar, 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlangach, oʻz lavozimini tark etadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Martines turnirdan soʻng muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilib boʻlgan. Mutaxassis Angliya Premyer-ligasiga qaytish variantlariga ochiq, biroq boshqa biror milliy terma jamoani boshqarish imkoniyatini ham istisno qilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, murabbiy muqaddam «Suonsi», «Uigan Atletik», «Everton» klublari va Belgiya terma jamoasini boshqargan.

Futbol boʻyicha Jahon chempionati — 2026 musobaqasi AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi sayyora birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan edi (4:2).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting