Roberto Manchini Italiya milliy jamoasiga qaytishga tayyor
Hozirda Qatarning «Al Sadd» klubida faoliyat yuritayotgan Roberto Manchini 2018 yildan 2023 yilga qadar boshqargan Italiya terma jamoasiga qaytishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda taniqli jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.
Manchini 2023 yildan buyon Qatarda ishlab kelmoqda. Klub egalari unga juda manfaatli shartlarni taklif qilishgan — italiyalik mutaxassisning yillik maoshi 25 million funtni tashkil etadi. Xabarlarga ko‘ra, terma jamoa uchun klub bilan shartnomani bekor qilish u qadar katta muammo tug‘dirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana ikki nomzod: «Milan» ustozi Massimiliano Allegri va «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte da’vogarlik qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashining pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berganidan so‘ng (1:1, penaltilar seriyasida 1:4), bosh murabbiy Djennaro Gattuzo iste’foga chiqarilgan edi.