locale OZ

Roberto Manchini faoliyatini Qatarda davom ettiradi

Italiyalik mutaxassisning soʻnggi ish joyi Saudiya Arabistoni milliy jamoasi boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roberto Manchini faoliyatini Qatarda davom ettiradi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Qatarning «Al Sadd» klubi bosh murabbiyi boʻlishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Manchini bilan tuziladigan shartnomada 2026 yilning yozida jamoani tark etish imkonini beruvchi maxsus band boʻladi — bu italiyalik murabbiy uchun muhim shart boʻlgan va tomonlar bu borada kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, hujjatlar rasman rasmiylashtirilgach, 59 yoshli mutaxassis rasman «Al Sadd» bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Manchinining soʻnggi ish joyi Saudiya Arabistoni milliy jamoasi boʻlgan. Shuningdek, u Italiya milliy jamoasi bilan Yevro-2020 gʻolibiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting