Roberto Firmino – \"Al-Sadd\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Braziliyalik hujumchi Roberto Firmino faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Futbolchi "Al-Sadd" klubiga kelib qo‘shildi. 33 yoshli forvard 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq u Saudiya Arabistonidagi "Al-Ahli" klubida to‘p surgan va jamoa bilan Osiyo Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu jamoa safida o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda jami 31 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Firmino "Liverpul"dagi faoliyati bilan tanilgan. Ingliz klubi bilan YECHL va APLda ham g‘alaba qozongan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist