locale OZ

Roberto De Zerbi — «Tottenhem»ning yangi bosh murabbiyi — Skira

Tomonlar oʻrtasida besh yilga moʻljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roberto De Zerbi — «Tottenhem»ning yangi bosh murabbiyi — Skira
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbi Londonning «Tottenjem» klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, mutaxassisning London klubi bilan shartnomasi besh yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozirda De Zerbi va «Tottenhem» murabbiylar shtabini shakllantirish ustida ish olib bormoqda.

De Zerbi avval ham Angliya Premyer-ligasida faoliyat yuritgan va «Brayton» klubini boshqargan. Italiyalik murabbiyning so‘nggi ish joyi Fransiyaning «Marsel» klubi bo‘lib, u jamoani 2026 yilning fevral oyida tark etgan edi. Shuningdek, De Zerbi faoliyati davomida «Shaxtyor», «Sassuolo», «Benevento» va «Palermo» kabi jamoalarni ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni «Tottenhem» joriy yilning 14 fevralida tayinlangan Igor Tudorni iste’foga chiqardi. Tudor 2025/2026 yilgi mavsumda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassis bo‘ldi. Avvalroq klub daniyalik Tomas Frank va avstraliyalik Angelos Postekoglu bilan xayrlashgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting