locale OZ

Roberto De Zerbi «Tottenhem»ni boshqarishga tayyor, ammo bitta shart bilan

«Shporlar» yangi mavsum oldidan bosh murabbiy qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roberto De Zerbi «Tottenhem»ni boshqarishga tayyor, ammo bitta shart bilan
FOTO: Getty Images

«Brayton» va «Marsel» klublarining sobiq bosh murabbiyi Roberto De Zerbi agar «Tottenhem» Premyer-ligada o‘z o‘rnini saqlab qolsa, London klubida ishlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, joriy xalqaro tanaffus vaqtida «shporlar» rahbariyati jamoa natijalarini barqarorlashtira olmagan vaqtinchalik murabbiy Igor Tudor borasida bir qarorga kelishlari kutilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, Tudor hozircha o‘z lavozimida qolsa ham, kelasi mavsumda «Tottenhem»da ishlamasligi aniq. Klub yozda yangi doimiy murabbiy tayinlashni rejalashtirgan.

Bo‘sh qolishi kutilayotgan ushbu lavozimga asosiy nomzodlar sifatida 2026 yilgi Jahon chempionatida AQSH terma jamoasini boshqaradigan Maurisio Pochettino hamda yanvar oyida «Marsel» bilan xayrlashganidan buyon ishsiz yurgan Roberto De Zerbi ko‘rilmoqda.

Shuningdek, agar «Liverpul» Arne Slot bilan xayrlashishga qaror qilsa, De Zerbi mersisaydliklar uchun ham nomzod bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, italiyalik mutaxassis «Tottenhem» taklifiga ochiq, biroq u faqat jamoa APLda qolishini kafolatlasagina Londonga yo‘l oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting