Roberto De Zerbi «Marsel»ni tark etdi
Hamkorlik tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida to‘xtatilgan.
ФОТО: Getty images
"Marsel" Roberto De Zerbining bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, hamkorlik tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida to‘xtatilgan.
"Klub rahbariyatidagi barcha manfaatdor tomonlar — egasi, prezidenti, texnik direktori va De Zerbi bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, asosiy jamoa murabbiyini o‘zgartirishga qaror qilindi. Bu mavsumning qolgan qismidagi vazifalarni bajarish yo‘lida, klub manfaatlarini ko‘zlab, sinchkovlik bilan ko‘rib chiqilgan qiyin jamoaviy qaror bo‘ldi. "Marsel" De Zerbiga sadoqati, fidoyiligi, professionalligi va jiddiy yondashuvi uchun minnatdorlik bildiradi", — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 21-turidan so‘ng "Marsel" 4-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist