Roberto Ayala: \"Dani Olmodan uzr so‘rayman\"
53 yoshli mutaxassisning ta'kidlashicha, finaldagi mag‘lubiyatdan keyin his-tuyg‘ulari ustun kelgan.
Foto: Getty Images
Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi Roberto Ayala JCH-2026 finalidan keyin Ispaniya yarim himoyachisi Dani Olmo bilan yuz bergan mojaro yuzasidan fikr bildirdi.
"Bu zarba emas, ko‘proq turtki edi. Baribir qilgan ishimdan afsusdaman. Agar Dani Olmo bilan yana uchrashsam, albatta undan uzr so‘rayman. Hissiyotlarimni jilovlay olmadim, ammo bu mening harakatimni oqlamaydi", — dedi Ayala.
53 yoshli mutaxassisning ta'kidlashicha, finaldagi mag‘lubiyatdan keyin his-tuyg‘ulari ustun kelgan. Shu bilan birga, u Ispaniya terma jamoasining o‘yinini yuqori baholab, raqib g‘alabaga to‘liq loyiq bo‘lganini tan oldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist