locale OZ

Robert Levandovski: «Maqsadimiz — 100 ochko jamg‘arish»

«Barselona» hujumchisi jamoasining joriy mavsumdagi asosiy maqsadini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robert Levandovski: «Maqsadimiz — 100 ochko jamg‘arish»
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoasining Ispaniya chempionatidagi joriy mavsum uchun asosiy maqsadini ochiqladi. Shanba kuni, 2 may sanasida bo‘lib o‘tgan La Liganing 34-tur uchrashuvida «ko‘k-anorranglilar» «Osasuna» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Polshalik forvard 81-daqiqada uchrashuvdagi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

«Maqsadimiz — barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 100 ochko to‘plash. Hatto La Ligada chempionlikni muddatidan avval naqd qilsak ham, qolgan barcha bahslarda g‘alaba qozonishimiz shart», — dedi Levandovski.

Ma’lumot o‘rnida, 34-turdan so‘ng «Barselona» hisobida 88 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onada esa bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan Madridning «Real» klubi 74 ochko bilan bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati 38-turda yakuniga yetadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting