locale OZ

Robert Levandovski Chempionlar Ligasida mutlaq rekord o‘rnatdi

Polshalik forvard gol urish boʻyicha Lionel Messini ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robert Levandovski Chempionlar Ligasida mutlaq rekord o‘rnatdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi javob uchrashuvida (7:2) dubl qayd etib, turnir tarixidagi yangi rekord sohibiga aylandi. Polshalik forvard nufuzli musobaqa doirasida o‘zining 41-raqibi darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Levandovski turnirning avvalgi rekordchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalik yulduz o‘z vaqtida Chempionlar Ligasida 40 ta har xil jamoaga gol urishga erishgan edi.

Levandovski o‘z faoliyati davomida «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenhem», «Chelsi», «Nyukasl», «Real» Madrid, «Barselona», «Malaga», «Atletiko», «Vilyarreal», «Inter», «Yuventus», «Roma», «Latsio», «Napoli», «Marsel», «PSJ», «Lion», «Brest», «Bavariya», «Borussiya D», «Portu», «Benfika», «Zenit», «Rostov», «Ayaks», «PSV», «Shaxtyor», «Dinamo Kiyev», «Olimpiakos», «AEK», «Anderlext», «Antverpen», «Slaviya», «Viktoriya Plzen», «Dinamo Zagreb», «Svena Zvezda», «Zalsburg», «Yang Boyz», «Kopengagen» va «Beshiktosh» kabi klublar darvozasiga yo‘l topa olgan.

Ma’lumot uchun, tajribali hujumchi Chempionlar Ligasidagi 142 ta uchrashuvida jami 109 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting