locale OZ

Rizo Zabib: «Eron Jahon chempionatiga boradi»

Eronning Ispaniyadagi elchisi milliy jamoaning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rizo Zabib: «Eron Jahon chempionatiga boradi»
FOTO: Getty Images

Eronning Ispaniyadagi elchisi Rizo Zabib milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Eron Jahon chempionatiga boradi; biz u yerda bo‘lish huquqiga egamiz. Bizda hech qanday muammo yo‘q, boramiz», — deya Zabibning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Avvalroq, AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan mamlakatga qarshi amalga oshirilayotgan harbiy operatsiyalar sababli, Eron terma jamoasi jahon birinchiligida ishtirok etishdan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Eron terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va «G» guruhidan joy olgan. Guruhda ularga Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari raqiblik qiladi. Jamoaning guruh bosqichidagi barcha uchta o‘yini AQSh hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

2026 yilgi Jahon chempionati kelasi yozda uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yili Qatarda o‘tgan turnir finalida argentinaliklar Fransiya bilan bahs olib borgan va asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlangach, penaltilar seriyasida (4:2) g‘alaba qozongan edilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting