locale OZ

“River Pleyt” Messiga maxsus sovg‘a topshirdi

Tantanali uchrashuv Messining Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv o‘yini arafasida tashkil etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“River Pleyt” Messiga maxsus sovg‘a topshirdi
Foto: Getty Images

Argentinaning “River Pleyt” klubi Lionel Messini o‘zining faxriy a’zosi deb e’lon qildi. Klub rahbariyati 39 yoshli hujumchiga terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi oldidan maxsus sovg‘alar topshirdi. Bu haqda “River Pleyt” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Stefano Di Karlo Messi bilan uchrashib, unga “River Pleyt”ning 125 yilligiga bag‘ishlangan, 10-raqam tushirilgan maxsus futbolka hamda faxriy a’zolik guvohnomasini topshirgan. Shu tariqa, argentinalik yulduz klubning faxriy a’zolari qatoridan joy oldi.

Tantanali uchrashuv Messining Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv o‘yini arafasida tashkil etildi. “River Pleyt” rahbariyati ushbu tashabbus orqali futbolchining Argentina futboli rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga hurmat bajo keltirdi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 6-oktabrdan 7-oktabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etdi. Benin ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsda 39 yoshli hujumchi bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting