Risharlison faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
“Orlando City” klubi “Tottenxem” hujumchisi Risharlisonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga “Orlando”ning ambitsiyali loyihasi taqdim etilgan, yaqin kunlarda esa London shahrida uning vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda.
MLS klubidan taklif bo‘lishiga qaramay, Risharlison hozircha “Tottenxem” tizimidagi muhim futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist