Rio Ferdinand: \"Amorim OUT\"ni ko'rmoqchi emasman\"
“Manchester Yunayted”ning Yevropa ligasi finalidagi mag'lubiyatidan keyin klub afsonalaridan biri va hozirgi kunda jurnalistlik qilayotgan sobiq futbolchi Rio Ferdinand quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Men hech qanday "Amorim OUT"ni ko'rmoqchi emasman. O'yindan oldin, "natija uning kelajagini belgilab qo'ymaydi deb o'ylayman",- deb aytgandim. Ruben mavsum o'rtalarida kelishni istamadi, chunki u shunday bo'lishini bilar edi. O'yinchilar bilan mashg'ulot maydonida bo'lgan vaqt ularni siz xohlagan odamga aylantirish uchun juda muhim.
Futbolchi sifatida bilaman, agar mavsumoldi tayyorgarlikni o‘tkazmaganimda, o‘zimning eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsata olmagan bo‘lardim.
Amorim bundan unumli foydalanib, transfer oynasi vaqtida o'yinchilarni ham olib kelmoqchi. Shuni inobatga olgan holda, mavsum boshidagi keyingi 10-15 o‘yin juda muhim bo‘ladi”,-deydi Rio