locale OZ

Rinat Dasaev: O'zbekistonga Jahon chempionatida zafar tilayman

Afsanaviy darvozabon Toshkentdagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'zbek futboli haqida iliq fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rinat Dasaev: O'zbekistonga Jahon chempionatida zafar tilayman
Rasm: Championat Asia

Kecha, 14 avgust kuni Toshkentda O'zbekiston va Rossiya faxriy futbolchilari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mehmonlar safida bir qator sobiq yulduzlar, jumladan, 1988 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Rinat Dasaev ham maydonga tushdi.

Bellashuvdan so'ng Dasaev O'zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
— Taassurotlarim juda yoqimli. O'zbekistonga kelish va yaqin do'stlar bilan ko'rishish men uchun katta quvonch. Mehmondo'st xalqingizga minnatdorchilik bildiraman. Fursatdan foydalanib, mamlakatingizga faqat yuqori marralar va Jahon chempionatida omad tilayman.

Afsanaviy darvozabon “Paxtakor-79” tarkibida o'zbek terma jamoasi va Olimpiya jamoasi futbolchilari o'ynaganini, An va Fyodorov shular jumlasidan ekanini eslatdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'zbek futboli har doim yuqori darajada bo'lib kelgan va bu o'yin do'stlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting