locale OZ

Richarlison hali ham “Tottenhem”ni tark etishi mumkin

Braziliyalik futbolchining “Vasko da Gama”ga o‘tishi amalga oshmadi, biroq unga boshqa klublardan ham qiziqish mavjud.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Richarlison hali ham “Tottenhem”ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

“Tottenhem” hujumchisi Richarlison yozgi transfer oynasi yakunlanganiga qaramay, London klubini tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining “Vasko da Gama”ga o‘tishi amalga oshmadi, biroq unga boshqa klublardan ham qiziqish mavjud.

Hozirda Portugaliya va Saudiya Arabistonida transfer oynasi hali yopilmagan. Shu sabab Richarlisonning ushbu mamlakatlardan biridagi klubga o‘tish ehtimoli saqlanib qolmoqda. Hozircha aniq taklif yoki kelishuv haqida ma’lumot yo‘q.

29 yoshli hujumchi joriy Premyer-liga mavsumida atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakat qayd etmadi. Shundan so‘ng u “Tottenhem”ning Premyer-liga uchun 25 futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritilmadi.

Ma’lumot uchun, Richarlisonning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi. Braziliyalik futbolchi London klubiga 2022-yilda “Everton”dan kelib qo‘shilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting