Rice bu mavsumdagi o‘yinlarning tiğiz taqvimi haqida fikr bildirdi — The Telegraph
«Arsenal» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rice bu mavsumdagi o‘yinlarning tiğiz taqvimi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu aqlbovar qilmas miqdordagi o‘yinlar. Taqvim juda tiğiz edi, lekin bu borada nima ham qila olamiz? O‘tirib olib, nolishning foydasi yo‘q. Biz Premer-ligadagi g‘alaba kabi lahzalar uchun ishlashda davom etishimiz kerak.
Sen bu his-tuyg‘uni yana his qilish uchun imkon qadar ko‘proq o‘yin o‘tkazishga tayyor ekaningni bilasan, ayniqsa oldinda jahon chempionati ham borligini tushungan holda. Sen doim o‘yinda bo‘lish uchun o‘z tanangni qurbon qilishga tayyor ekaningni bilasan. Ha, o‘yinlar ko‘p, lekin yakunda dam olamiz», — deya Rice’ning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Angliya terma jamoasi 23 iyun kuni Bostonda Gana bilan uchrashadi.