locale OZ

Riberi klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini taxmin qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riberi klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini taxmin qildi
Photo: Getty Images

"Bavariya" sobiq futbolchisi Frank Riberi AQShda boshlangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zi muxlislik qiladigan qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytib o‘tdi.

"Men "Boka Xuniors"ning ashaddiy muxlisiman. Bu jamoa menga juda yoqadi. Qachondir Argentinaga borish maqsadim ham bor. Chunki bu mamlakatda muhit zo‘r. Men bu jamoada klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun juda zo‘r imkoniyat bor, deb hisoblayman.

Chunki ularning ishga munosabati, mentaliteti va ishtiyoqi yuqori darajada. Bu turnir "Boka Xuniors" uchun katta sinov bo‘ladi. Xuddi shu gaplarni sobiq jamoam "Bavariya" haqida ham aytishim mumkin", dedi Frank Riberi.

Eslatib o‘tamiz, "Boka Xuniors" o‘z guruhida Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti", Germaniyaning "Bavariya" va Portugaliyaning "Benfika" jamoalari bilan raqobatlashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting