locale OZ

Rian Islomov — OKMK FK futbolchisi

OKMK FK tarkibni saviyali legionerlar bilan kuchaytirish barobarida, mahalliylashtirish va jamoani iste’dodli yoshlar bilan to‘ldirishda ham davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rian Islomov — OKMK FK futbolchisi
photo: OKMK fk

OKMK FK tarkibni saviyali legionerlar bilan kuchaytirish barobarida, mahalliylashtirish va jamoani iste’dodli yoshlar bilan to‘ldirishda ham davom etadi. OKMK FK va Rian Islomov o‘rtasida uzoq muddatli rejalar ko‘zlagan holda, «2+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolandi.

2004-yilda tug‘ilgan futbolchi faoliyati davomida «Metallurg», «Olimpik» va «Navbahor» klublari safida jami 32 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta assist yozdirib qo‘ygan.

O‘z navbatida shuni ham alohida ta’kidlash joizki, iqtidorli yarim himoyachi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda ham samarali harakat qilgan. Rian AFC U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida 4 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga rasmiylashtirishga erishgan.

Bir so'z bilan aytganda, Rian Islomovning tarkibga jalb etilishi klubimizning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga to‘la mos keladi. Bu orqali biz nafaqat o‘rta chiziqdagi kreativlikni oshiramiz, balki OKMK FKning kelajakdagi g‘alabalari uchun mustahkam iqtidorlar zaxirasini shakllantirishda davom etamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting