\"Reynjers\" yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda
Bir necha mutaxassislar bilan olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan
Photo: Getty Images
Shotlandiyaning “Reynjers” klubi yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda, deya xabar beradi Sky Sports.
Manbaga ko'ra, klub sobiq murabbiy Stiven Jerrardni ortga qaytarishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Natijada glasgolar bor e'tiborini boshqa nomzodlarga qaratgan.
Nomzodlar orasida Rassel Martin ham bor. 39 yoshli mutaxassis “Sautgempton”ni boshqarganidan beri ishsiz qolmoqda. Shuningdek, Davida Anchelotti varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
“Reynjers” klubi Barri Fergyuson bilan mavsumni yakunladi. Klub 17 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist