locale OZ

«Reynjers» bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

U klubni yozda qabul qilib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Reynjers» bosh murabbiyini iste'foga chiqardi
ФОТО: Getty images

“Reynjers” klubi bosh murabbiy Russell Martinning iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi.

“Russell va uning shtabi klubda juda katta mehnat qilishdi. O‘tish davrida vaqt talab etiladi, ammo natijalar kutilgan darajaga mos kelmadi”, — deyiladi Glazgo klubining rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Martin 5-iyun kuni jamoaning ustozi bo‘lgandi. Joriy mavsumda Shotlandiya chempionatida 7-turdan so‘ng 8 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Yevropa Ligasi guruh bosqichida esa “Reynjers” ikki uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi.

Klub tez orada yangi bosh murabbiy nomini e'lon qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting