locale OZ

Reynders «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

U asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Reynders «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

Tijani Reynders yaqin orada 'Manchester Siti'ni tark etishi mumkin. Bu haqda ingliz nashrlari xabar tarqatmoqda.

Futbolchi Angliya chempioni safiga o‘tgan yozda 'Milan' klubidan kelib qo‘shilgan edi. Biroq qishki transfer oynasidan so‘ng Reynders APL o‘yinlarida asosiy tarkibda ko‘rinish bermay qo‘ydi.

Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, u so‘nggi vaqtlarda asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilmoqda. Tijani Reynders 'Manchester Siti' libosida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 7 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining 'shaharliklar' bilan imzolagan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting