locale OZ

«Reyms» jarohati sabab JCh-2026ni o‘tkazib yuboradigan Ekitikeni qoʻllab-quvvatladi

23 yoshli futbolchi «PSJ»ga qarshi oʻyinda jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Reyms» jarohati sabab JCh-2026ni o‘tkazib yuboradigan Ekitikeni qoʻllab-quvvatladi
FOTO: Getty Images

«Reyms» klubi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (0:2) jarohat olgan «Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitikeni qo‘llab-quvvatladi.

«Sen bor tezligingda Jahon chempionati sari intilayotgan eding, seni faqat jarohat to‘xtata olishi mumkin edi... Sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan, Ugo, tezroq sog‘ayib ket!» — deyiladi «Reyms» matbuot xizmati xabarida.

23 yoshli fransiyalik futbolchi «Reyms» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Olingan jarohat sababli Ekitike JCh-2026ni o‘tkazib yuboradi. Ma’lum qilinishicha, futbolchi jarohati tufayli bir yilga yaqin muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

Ugo Ekitike Fransiya terma jamoasidagi debyutini 2025 yil 5 sentabrda o‘tkazgan edi. U milliy jamoa safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting