locale OZ

Respublika futbol akademiyasi Liga qatnashchilari safiga qabul qilindi

Endilikda mazkur klub Proligada Olimpik futbol klubining o‘rnida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Respublika futbol akademiyasi Liga qatnashchilari safiga qabul qilindi
Фото: UzPFL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi 355-sonli Qaroriga muvofiq, Milliy futbol markazi tuzilmasida Respublika futbol akademiyasi qayta tashkil etildi. Endilikda hududiy akademiyalarning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilari Respublika futbol akademiyasiga jalb qilinadi.

Avvalroq Assotsiatsiya qoshidagi 14 ta futbol akademiyasi Birinchi ligada ishtirok etishi e’lon qilingandi. Endilikda ular qatoriga Respublika FA jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda Respublika FA o‘z mavqeidan kelib chiqqan holda, bir vaqtning o‘zida ikki turli musobaqada ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida turli yoshdagi terma jamoalarga nomzod bo‘lgan futbolchilarning ichki musobaqalar davomida toblanib borishiga zamin yaratadi.

Avvalroq Respublika futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Olimpik klubi tarkibida faoliyatini davom ettirishi ko‘zda tutilgandi. Biroq 2025-yilgi mavsumga kelib, Olimpik klubida moliyaviy muammolar ko‘zga tashlandi. Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya rahbariyati Respublika futbol akademiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika futbol akademiyasi professional futbol klubini tashkil etishga qaror qildi. Endilikda mazkur klub Proligada Olimpik futbol klubining o‘rnida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting