Reshford va Antonining “Manchester Yunayted”dagi kelajagi ma'lum - Romano
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” hujumchilari Markus Reshford va Antoni yana bir mavsum davomida “qizil iblislar” safiga qaytmasligi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
“Manbalar menga Antoni va Reshford kelasi mavsumda ham “Manchester Yunayted” safida o'ynamasligini aytdi”, - deydi Romano.
Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Aston Villa”ga o'tgandi. Antoni esa “Betis” safiga borib qo'shildi.
Ma'lumot uchun, Reshfordning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Antonining kelishuvi esa 2027-yilning yozigacha mo'ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist