locale OZ

Reshford «MYU»ga qaytmoqchi emas

Angliyalik hujumchi mankunianliklarning muvaffaqiyatiga ishonmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Reshford «MYU»ga qaytmoqchi emas
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford ingliz klubi muvaffaqiyatiga ishonmayotgani sababli, u yerga qaytish niyatida emas. 28 yoshli futbolchi «Barselona»ga to‘liq transfer qilinishini talab qilmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Reshfordning fikricha, Kataloniya klubida sovrinlar yutish imkoniyati «Manchester Yunayted»ga qaraganda ancha yuqori. Hujumchi o‘z salohiyatini aynan «Barselona»da to‘liq yuzaga chiqara olishiga ishonib, yakuniy qarorini qabul qilgan. Shuningdek, forvard jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan yaqin munosabat o‘rnatgan va germaniyalik mutaxassis uni yangi darajaga olib chiqa olishiga ishonmoqda.

Markus Reshfordning «Barselona»dagi ijara muddati shu yozda nihoyasiga yetadi, biroq klub uni o‘z safiga doimiy ravishda qo‘shib olish yo‘llarini izlamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda ingliz futbolchisi kataloniyaliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting