locale OZ

Reshford «Manchester Yunayted»da qoladi

Jamoa bosh murabbiyi Carrick unga ishonch bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Reshford «Manchester Yunayted»da qoladi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford o'tgan mavsumni ijarada "Barselona"da o'tkazgan bo'lsa-da, jamoada qolmaydi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Reshford "Barselona"dan biroz ranjigan. Sababi, u kataloniyaliklar uni o'z safida saqlab qolish uchun uzoqroq kurashadi, deb o'ylagan. Angliyalik futbolchi hattoki jamoada qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor bo'lgan.

Xabar qilinishicha, Reshford endi "Manchester Yunayted" bilan mavsumoldi yig'inida ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Maykl Carrick unga ishonch bildirmoqda va futbolchini o'z rejalarga kiritgan.

Shu bilan birga, Markus Yevropaning yetakchi klublaridan biri taklif bilan chiqqanda, "qizil iblislar"ni tark etishga tayyor. Biroq hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tish variantini umuman ko'rib chiqmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting